

“Arsenal”ga qarshi o'yin o'z kuchimizga bo'lgan ishonchni orttirdi. Albatta, biz har doim “Arsenal”ga qarshi ko'rsatgan o'yinni namoyish etishni istaymiz. Ammo bu imkonsiz. Bundesliga bu boshqa turnir, bunda 34 ta uchrashuv bor. “Arsenal”ga qarshi esa atigi ikkita o'yin o'ynaymiz. Shu sabab “Gerta”ga qarshi boshqacha o'yin kutayapman. Dam olish uchun jamoada ko'p vaqt bo'lmadi. “Gerta” yaxshi jamoa, ular mavsumning birinchi yarmini juda yaxshi o'tkazishdi.
Bu qiyin va muhim bahs bo'ladi. Biz yaxshi tayyorgarlik ko'rishimiz va bor e'tiborni ushbu bellashuvga qaratishimiz lozim”, deydi Karlo Anchelotti.



