Anchelotti: "Biz YCHLni orzu qilyapmiz. Afsuski, mavsum hozir tugamaydi"

Aziz Tukhtamuradov
5 mar 2021, 08:51
"Everton" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti APL doirasida "Vest Bromvich"ga qarshi o'tkazilgan o'yindan so'ng (1:0) o'z fikrlarini bildirdi.

"Ajoyib hislar. Turnir jadvalini ko'rib xursand bo'lyapman. 

Ammo bu yerda ikkita muammo bor. Birinchisi - men ushbu vaziyat qay darajada uzoq davom etishini bilmayman. Ikkinchisi - afsuski mavsum bugun tugamaydi. 

Lekin biz jadvaldagi o'rnimizdan mamnunmiz. O'ylaymanki, mavsum boshida xech kim 26-turdan so'ng "Everton"ning TOP-4da bo'lishini taxmin qila olmasdi. Biz bunga qattiq mehnat orqali erishdik. 

Men yigitlar bilan orzumiz - Chempionlar ligasi haqida ko'p gaplashaman. Ularning ko'pi xech qachon ushbu turnirda ishtirok etmagan. Shuning uchun, biz kurashamiz. Bunday imkoniyat yuzaga kelayotganidan xursandmiz. Ammo hamma oxirigacha o'ynashi kerak", - dedi Anchelotti. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: BBC