Ana xolos. "Real" futbolchisi Messini o'z kumiri deb atadi

Alisher
19 okt 2019, 10:14
"Real" yarim himoyachisi Takefusa Kubo o'zining sevimli o'yinchisi haqida gapirdi.

18 yoshli yaponiyalik futbolchi hozirda ijara asosida "Malorka"da o'ynamoqda.

Yosh futbolchi "Real"ga yozda o'tgan edi.

"Messi doimo mening futboldagi kumirim bo'lgan. U hozirda necha yoshda ekanligini bilmaymanu, ammo uning hozir ham ko'p gollar urayotgani hayratlanarli", - deydi Kubo.

Eslatib o'tamiz, "yaponiyalik Messi" 2011 yildan 2015 yilgacha "Barselona" yoshlar jamoasida to'p tepgan. 

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Marca