Ana xolos, pishdi gilos! OCHLdagi kvotalarimiz tushib ketdi

Nadirkhuja Yuldashev
28 may 2015, 12:28
Kecha OCHLda 1/8 bosqich o'yinlari yakuniga etdi. Unga ko'ra bizning mintaqadan har bir davlatdan bittadan jamoa keyingi bosqichga yo'l oldi.

Bular: "Al Ahli" (BAA), "Naft" (Eron), "Al Hilol" (Saudiya Arabistoni) va "Lahviya" (Qatar). 

1/8 finalda Qatarning ikki klubi o'zaro bahs yuritganligi va bizning bironta jamoamiz guruhdan keyingi bosqichga chiqa olmaganligi sababli, OCHLdagi o'rnimizni Qatarga boy berdik.

Mintaqada to'rtinchi o'rinda bo'lgan O'zbekiston, "Lahviya"ni keyingi bosqich yo'llanmasini qo'lga kiritishi natijasida beshinchi o'ringa tushib ketdi. Bu esa 1+2 ko'rinishdagi yo'llanma degani. Bu haqdagi jadvalni Alisher Nikimbaev o'zining "faysbuk"dagi sahifasida e'lon qilgan.

2015 yilda qayd etilgan natijalar o'z navbatida 2017-2020 yillar uchun amal qiladi. Bu to'rt mavsum degani. Shunday bo'lsada, to'rtinchi o'ringa ko'tarilish uchun imkoniyatga egamiz. Buning uchun "Lahviya" 1/4 final bosqichda omadsiz ishtirok etishi va aksincha O'zbekiston milliy terma jamoasi joriy yil bo'lib o'tadigan barcha rasmiy o'yinlarda ijobiy natijaga erishib FIFA reytingida ko'proq ochkoga ega bo'lishi kerak. Shundagina oliy liga klublarimiz 2+2 ko'rinishdagi yo'llanmaga ega bo'ladilar. 

Eslatib o'tamiz, 2016 yil ham O'zbekiston oliy ligasi 3+1 ko'rinishda joyga ega. Ammo keyingi yilgi natijalar statistikaga o'zgartirish kirita olmaydi.


#MamlakatOchkoOCHLO/POFKO/P
1Saudiya Arabistoni 85.19631--
2Eron 79.43531--
3BAA 69.85222--
4Qatar 56.58022--
5O'ZBEKISTON 54.17412--
6Quvayt 43.27911--
...
13Tojikiston 13.431--11
15Afg'oniston 9.057--11
16Turkmaniston 7.566--11
17Qirg'iziston 6.755--- 1/1


Nadirkhuja YuldashevMuallif
Manba: championat.asia