Ana xolos! "Nyukasl" Neymarga da'vogarlik qilmoqda

Sherzod Nurmatov
19 mar 2022, 22:08
PSJ hujumchisi Neymar faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin.

Manbaga ko'ra, "Nyukasl" braziliyalik futbolchini yozgi transfer oynasi vaqtida sotib olish variantini ko'rib chiqmoqda.

"Hakkalar" yulduz futbolchi uchun qancha pul to'lashga tayyorligi hali noma'lum. Uning transfer narei 90 million evroni tashkil qiladi.

Neymar joriy mavsumda PSJ safida 20 ta o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning klub bilan shartnomasi 2025 yilgacha mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sky Sports