Komissarning o'yin paytida amalga oshiradigan ishi nihoyatda ko'p (xususan Osiyo chempionlar ligasi uchrashuvlarida ko'rganmiz), lekin o'zimizning oliy ligada ular nima bilan mashg'ul, ochig'i unchalik tushunmayapmiz.
OFK PFLga ichki chempionatning har bir o'yiniga komissar qo'yasan dedi, PFL ham shartta bu shartni bajarishga kirishdi. E'tibor bering, hozircha oliy liiganing besh turi yakuniga etdi. Bu esa 35ta o'yin deganidir. Mana shu 35ta uchrashuvning hammasida komissar (boshqacha aytganda PFL vakili) ishladi.
Lekin qizig'i shundaki, PFL tomonidan 2014 yilgi futbol musobaqalari uchun reglamentning 11-moddasida shunday deyilgan: oliy liga bahslarida ishlaydigan komissarlar ro'yxatini PFL direktori tuzadi va tasdiqlaydi. Bundan tashqari, har bir komissar o'zi ishtirok etgan o'yin hisobotini PFL bosh direktoriga topshiradi.
Shundan kelib chiqib aytadigan bo'lsak, Farhod Magometov shu kungacha besh marta o'zini o'zi tayinlab, besh marta o'ziga o'zi hisobot bergan bo'lib chiqyapti. Chunki PFL bosh direktori hozircha beshta o'yinda (“Olmaliq” - “Metallurg”, “Lokomotiv” - “Nasaf”, “Bunyodkor” - “Olmaliq”, “Neftchi” - “Qizilqum”, “Bunyodkor” - “Lokomotiv”) uchrashuv komissari sifatida faoliyat ko'rsatdi.
Shu o'rinda bizni o'ylantirayotgan masala shuki, PFL rahbari o'zini o'zini komissar etib tayinladi ham deylik, lekin o'ziga o'zi qanday hisobot topshirgan? Har holda “Men kim, falonchi turning falonchi o'yinida komissarlik qilgan Farhod Magometov PFL bosh direktori Farhod Abdualievichga shuni ma'lum qilamanki, kechagi futbol bellashuvi hech qanday tortishuvlarsiz, tinch va osuda o'tdi” degan mazmunda bo'lmasa kerak. Yanayam bilmadik.
Xayrulla Xoliqov.