Ana xolos! La Liga o'yinlari ham muxlislarsiz o'tadimi?!

Alisher
10 mar 2020, 11:03
Hukumat koronavirus tufayli yangi qarorlar qabul qilmoqda.

Ispaniya chempionatining barcha o'yinlari bo'sh tribunalar ostida o'tkaziladi.

Ispaniya sog'liqni saqlash vazirligi ushbu ma'lumotni tasdiqladi. Ishqibozlar koronavirus epidemiyasi sabab stadionlarga qo'yilmaydi.

Qo'shimcha qilish kerakki, ushbu chora 4 aprelga qadar davom etadi.

Eslatib o'tamiz, Ispaniya koronavirus avj olgan mamlakat orasida 6-o'rinda turibdi. Mamlakatda ushbu virusni 1231 odam yuqtirib olgan bo'lsa, ularning 30 nafari vafot etgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Cope