Ana xolos, Iroq bosh murabbiyi besh oydan beri maosh olmayapti

Xayrulla Xoliqov
14 iyun 2021
Iroq terma jamoasi bilan jahon chempionatiga borishni maqsad qilgan Srechko Katanetsda moliyaviy muammolar yuzaga kelgan.

Gap shundaki, ushbu mutaxassisga Iroq futbol federatsiyasi oxirgi 5 oydan beri maosh to'lamayapti. Bu haqda sloveniyalik murabbiyning o'zi jurnalistlarga bergan intervyusida aytib o'tdi. 

Ma'lum bo'lishicha, federatsiya hozirgi paytda murabbiyning faqat bir oylik maoshini berishi mumkin. Srechko Katanets esa pullar to'liq berilmasa terma jamoadan kyetishini aytgan. Federatsiya rahbariyati hatto uning o'rniga boshqa murabbiy ham topib qo'ydi, bu - chexiyalik Miroslav Soukup. 

Eslatib o'tamiz. Iroq terma jamoasi JCH saralash bahslari ikkinchi raundida 17 ochko bilan guruhda peshqadamlik qilyapti. Ikkinchi o'rinda esa 15 ochko to'plagan holda Eron bormoqda. Ertaga har ikki jamoa birinchi o'rinni hal qilish olish uchun o'zaro kurash olib boradi.


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: