Ana xolos, "Buxoro" ketma-ket 6ta o'yinda yutqazdi

Xayrulla Xoliqov
21 okt 2018, 10:27
Superliganing birinchi bosqichida haraqalay yaxshi ishtirok etgan "Buxoro" ikkinchi bosqichda umuman o'zini ko'rsata olmayapti.

Jamoa kecha safarda "Navbahor" mehmoni bo'lib yana mag'lubiyatga uchradi. Yana deyishimizning boisi, "Buxoro" birinchi bosqichda ham Namangandan mag'lubiyat bilan qaytgandi. Jamoa kecha 0:1 hisobida yutqazib qo'ydi.

Kechagi mag'lubiyatdan so'ng "Buxoro"ning ketma-ket mag'lubiyatlari soni qatorasiga 6ta o'yinga etdi. Ha, shunday. "Buxoro" mana oltita o'yindirki faqat mag'lub bo'lmoqda.

Jamoa oxirgi marta 12 avgust kuni o'z maydonida "Metallurg" ustidan 2:1 hisobida zafar quchgandi. Shundan so'ng Ulug'bek Baqoev shogirdlari birinchi bosqichning oxirgi ikkita turida yutqazib qo'yishdi: safarda "Navbahor" va uyda "Lokomotiv" bilan kechgan bahslarda.

Keyin ikkinchi bosqich boshlandi va "Buxoro"ning g'alabasiz seriyasi davom etdi. "Bunyodkor"ga qarshi 0:3 hisobida yutqazib qo'ygan "Buxoro" keyingi turlarda "Paxtakor", "Lokomotiv" va "Navbahor"ga imkoniyatni boy berdi. Hozir "Buxoro"ning omadi shundaki, jamoa hamma o'yinlarni yutqazgan taqdirda ham 7-o'ringa tushib kyetmaydi. Yo'qsa jamoa ancha harakatga tushib qolgan bo'lardi.

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia