Ana xolos! "Barselona" Messi bilan transferni muhokama qilmoqchi emas. Ketishning bitta yo'li bor - 700 mln evro to'lash

28 avg 2020, 23:33
Avvalroq Lionel Messi uning ketishi borasida kelishuvga erishish va ziddiyatlarni bartaraf etish uchun shaxsiy advokatlari va klub mutasaddilari o'rtasida uchrashuv uyushtirmoqchiligi to'g'risida xabar qilgandik.

Jurnalist Gilem Balagening takidlashicha, katalon klubi argentinalik charm to'p ustasi bilan uchrashishga tayyor, ammo uning ketishi muhokama qilinmaydi.

"Barselona" tomoni Messining transferi 700 mln evroga (uning shartnomasida ko'rsatilgan tovon puli) tushishini ma'lum qilgan.

Eslatib o'tamiz, Leoning "ko'k-anorranglilar" amaldagi shartnomasi 2021 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Unga ayni paytda "Manchester Siti" asosiy da'vogar bo'lib turibdi.

Messining advokatlari "Barsa" mutasaddilari bilan uchrashadi. Lionel janjallarsiz ketmoqchi 

O'xshash yangiliklar


Manba: twitter.com/GuillemBalague