Ana xolos. Arsenal himoyachisi Angliya terma jamoasiga borishni xohlamadi

Narzulla Saydullayev
15 mar 2024
Angliya bosh murabbiyi Garet Sautgeyt Arsenal himoyachisi Ben Uayt terma jamoaga chaqiruvni rad qilganini ma'lum qildi.

Shundan keyin Uayt uch sherlarning mart oyidagi o'rtoqlik o'yinlariga chaqirilmadi. Futbolchi Angliya terma jamoasi tarkibida bugunga qadar 4 ta o'yin o'tkazgan.

Ma'lumot uchun, Angliya 23 mart kuni Braziliya, 26 mart kuni Belgiya bilan o'rtoqlik o'yinlarida maydonga tushadi. Har ikkala bahs ham Londondagi "Uembli" stadionida bo'lib o'tadi.




Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: thesun.co.uk