Ana bo'lmasa! Bonuchchi "Yuventus"dan nima uchun ketganini aytdi

Tolibjon Qosimov
22 iyul 2017, 14:28
"Milan" himoyachisi Leonardo Bonuchchi "Yuventus"dan nima sabab ketganini aytib o'tdi.

"Murabbiy bilan bahslar - bu normal holat. Chunki, men hamisha haqiqatni gapiraman. Ko'pchilik Allegri bilan munosabatlarimiz "Palermo" bilan o'yindan keyin buzilgan deb o'ylaydi. Aslida esa, bu so'nggi tomchi bo'lgan edi. Bungacha shunga o'xshash holatlar ro'y bergan edi. "Yuventus"da o'zimni jamoaning muhim qismidek his qilmayotgan edim, bu narsa 100 foiz kuchimni berishga halaqit qilayotgandi. "Yuve" muxlislari shuni bilishlari kerakki, ularning hushtak chalib olqishlashlari meni ilhomlantirgan. Huddi shu holat "Milan"ga kelganimda ham ro'y berdi", - dedi Bonuchchi.


O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Football Italia