

“Biz bu mag'lubiyatni qabul qilishimiz kerak. O'ylaymanki, biz bugun maydondagi eng yaxshi jamoa bo'ldik, ammo gol urishning uddasidan chiqa olmadik. Jamoa bugun a'lo darajada o'ynamadi, lekin biz bugun raqibdan yaxshiroq jamoa edik. Biz mavsum davomida juda ko'p o'yinlarda yomon ko'rindik, ammo bugun bunday kunlardan biri emas edi“, - dedi Amorim.



