Amerikalik milliarder Shoxid Xon Fulxemni sotib oldi

Narzulla Saydullayev
13 iyul 2013
84 yoshli misrlik biznesmen Muhammad Al-Fayed Fulxemning nazorat paketini sotdi, deb xabar bermoqda klub rasmiy sayti.
Akciyalarni asli kelib chiqishi pokistonlik bo'lgan amerikalik milliarder Shoxid Xon sotib oldi. Unga Fulxemning 100% akciyasi tegishli. Xon klubni 200 million funtga sotib oldi.

Klub yaxshi qo'llarga o'tdi, uning biznes va sportdagi yutuqlari bunga isbot. Barchani Fulxemni sevishni va uni qo'llab-quvvatlab turishlarini so'rayman, barchani yangi prezident bilan tabriklayman, – deydi Al-Fayed.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru