Amerikalik investor Yevropa top klublari bilan yangi turnir yaratmoqchi

Aslanov Jasurbek
14 mar 2018, 12:12
Amerikalik investor Stiven Ross Yevropa klublari rahbarlari bilan yangi liga - Superliga yaratish borasida muzokara o'tkazdi.

Taxminlarga ko'ra, musobaqada 5ta kuchli chempionatning 24ta jamoasi ishtirok etadi. Turnir yopiq bo'ladi, yani uni tark etish yoki daraja o'sish holatlari kuzatilmaydi.

Ma'lumotlarga ko'ra, ushbu turnirda Germaniyaning faqat ikki jamoasi "Bavariya" va Dortmundning "Borussiya"si ishtirok etishi mumkin.

Stiven Ross 2013 yildan beri International Champions Cup o'rtoqlik turnirini tashkil etish bilan shug'ullanadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Bild