

Bu safargi musobaqa oldingilaridan tubdan farq qiladi. Birinchi Amerika kubogi 1916 yil o'tkazilgan. Bu yil ushbu musobaqaga 100 yil to'lgani uchun KONMEBOL va KONKAKAF mintaqalari birlashgan holda "Markaziy Kopa Amerika" musobaqasini o'tkazishadi.
Unda Shimoliy va Janubiy Amerikaning eng kuchli 16ta terma jamoasi qatnashadi. AQSHning 10ta shahrida bo'lib o'tadigan qita chempionatining final bosqichiga bugun qur'a tashlandi.
"A" guruhi: AQSH, Kolumbiya, Kosta Rika, Paragvay.
"B" guruhi: Braziliya, Ekvador, Gaiti, Peru.
"C" guruhi: Meksika, Urugvay, Yamayka, Venesuela.
"D" guruhi: Argentina, Chili, Panama, Boliviya.



