Alves va Ruis "Bazel"ga qarshi o'ynay olishmaydi

Aziz Tukhtamuradov
24 mar 2014, 20:45
"Valensiya" jamoasi darvozaboni Diego Alves va himoyachi Viktor Ruis "Vilyareal"ga qarshi o'yinda jarohat oldi, deya xabar bermoqda UEFA rasmiy sayti.
Ispaniya chempionati doirasida "Vilyareal"ga qarshi bo'lib o'tgan o'yin paytida Alves jarohat oldi va o'rniga Visente Guaite o'yinni davom ettirdi. Endilikda darvozabon besh haftani utkazib yuborishi kutilmqda.
Tahminan, shuncha muddatga klubning boshqa a'zosi - Ruis xam maydonga tusha olmaydi.
Shu tariqa, ikkala futbolchi xam Yevropa Ligasi chorak final doirasida 3 va 8-aprel kunlari "Bazel"ga qarshi bo'ladigan o'yinlarda maydonga tusha olishmaydi.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: uefa.com