Alves "Barselona" va PSJ takliflarini solishtiradi va o'z kelajagi borasida yakuniy qarorni qabul qiladi

Aslanov Jasurbek
30 mar 2015, 15:49
"Barselona" himoyachisi Dani Alves klub rahbariyatidan yangi taklif kutishda davom etyapti.

Braziliyalik futbolchi moliyaviy jihatdan juda foydali bo'lgan PSJdan taklif olgan. Endi u Kataloniya klubining taklifini kutmoqchi va bu ikkalasini solishtirib, yakuniy qarorni qabul qilmoqchi.

Eslatib o'tamiz, oldinroq Alves PSJ bilan kelishib olgani haqidagi ma'lumotni rad etgan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com