

Ma'lumotlarga ko'ra, myunxenliklar avvaliga futbolchi uchun 7,5 mln. evro to'lamoqchi edi. Bu mablag' ikki muddatda to'lanishi kerak. Bundan tashqari, ispaniyalik mavsum davomida "Bavariya"ning 30 uchrashuvida maydonga tushsa, "Real" yangi 1,5 mln. evro olishi kerak edi. Bundan tashqari, klublar 2017 yilning yozida o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazish uchun kelishib olishgan. Alonsoning "Bavariya" bilan shartnomasi 2017 yilgacha belgilangan.



