Alonso "Chelsi"dan ketishni xohlamoqda

Alisher
24 iyul 2021, 18:24
Ispaniyalik himoyachi Markos Alonso "Chelsi"dan ketishga qaror qildi.

30 yoshli futbolchi faoliyatini Italiya chempionatida davom ettirishni rejalashtirmoqda. Alonsoning xizmatlariga Milanning "Inter" klubi qiziqish bildirmoqda.

Markos A Seriyada 2013-2016 yillar davomida "Fiorentina" tarkibida o'ynagan.

Alonso o'tgan mavsum APL doirasidagi 13ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urishga erishdi. Uning "aristokratlar" bilan tuzgan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport