Alonso "Chelsi" bilan shartnomani uzaytirmoqchi

Alisher
22 fev 2021
Ispaniyalik himoyachi Markos Alonso Londonning "Chelsi" klubi bilan shartnomani uzaytirmoqchi.

30 yoshli ispaniyalik futbolchi "aristokratlar" safida Frenk Lempard qo'l ostida deyarli o'yin amaliyotiga ega bo'lmayotgandi. Ammo jamoaga Tomas Tuxel kelganidan so'ng himoyachi jamoa tarkibiga qaytdi.

Eslatib o'tamiz, Markosning klub bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2023 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan.

Himoyachi joriy mavsum APL doirasidagi 8ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi.


AlisherMuallif
Manba: The Sun