Alli: “Biz Keynsiz ham o'ynay olishimizni isbotlaganmiz”

21 yanv 2020, 01:14
“Tottenhem” yarim himoyachisi Dele Alli jamoadoshi Harri Keynning jarohati haqida gapirdi.

“Keyn fantastik futbolchi, uni maydonga tezroq qaytishini istayman. Ammo biz Harrisiz ham o'ynashimiz mumkin. Ayrim insonlarning xotirasi qisqa. Keyn so'nggi bor yozda jarohatlanganida, biz u siz YCHL finaliga qadar yetib borgandik. “Tottenhem” jamoa, u bir futbolchiga bog'lanib qolgan emas” deya Allining so'zlaridan iqtibos keltirmoqda The Telegraph.

Eslatib o'tamiz, Harri Keyni APL 21-turi doirasida (01.01.2020) “Sautgempton”ga (1:0) qarshi bahsda jarohat olib, 75-daqiqadan maydonni tark etishga majbur bo'lgandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: The Telegraph