Allegri: "Yuventus" hozircha skudettoni yutgani yo'q"

Aslanov Jasurbek
10 mar 2015, 12:43
"Yuventus" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri "Sassuolo"ga qarshi Italiya chempionati 26-tur uchrashuvidan (1:0) so'ng, jamoa hozircha chempionlikni qo'lga kiritmaganini ta'kidladi.
"Yuventus" hozircha skudettoni qo'lga kiritgani yo'q. Oldimizda uzoq yo'l bor. Shoshmasligimiz kerak. Bizni A seriyada, Chempionlar ligasida va Italiya Kubogida qiyin uchrashuvlar kutib turibdi. Skudetto - asosiy maqsadimiz, Chempionlar ligasi - orzu, Italiya Kubogida esa vaziyatni o'nglashga harakat qilamiz" - deydi Allegri.

Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com