

"Ertaga bu o'yin uchnu eng yaxshi futbolchilarni tanlayman, ularning hammasi yaxshi holatda. Bizda so'nggi bahsdan so'ng 5 kun vaqtimiz bor edi. Ertaga ikki muhim uchrashuvdan biri bo'lib o'tadi.
Biz uchun bu bahs qiyin bo'ladi: Ochko to'plash uchun xatoga haqqimiz yo'q. "Atalanta" Jan Pero Gasperini qo'l ostida mavsumni yaxshi o'tkazmoqda. Hozircha hech narsa yutganimiz yo'q. "Roma" bilan farqni ushlab qolish uchun g'alaba qozonish lozim" - deydi Allegri.



