Allegri Yuventus bilan 2 yillik shartnoma tuzadi

Tolibjon Qosimov
16 iyul 2014, 14:08
Milan klubi sobiq bosh murabbiyi Massimiliano Allegri Yuventusda ish boshlaydi.
46 yoshli murabbiy byankonerilar bilan ikki yillik shartnoma tuzish borasida kelishib oldi, deb xabar bermoqda Gazzetta dello Sport nashri.

Kelishuvga ko'ra Allegri Yuventusda yiliga 2 million evro maosh oladi. Bundan tashqari bonuslar ham bor.

Allegriga Turinda o'z murabbiylar shtabi yordam beradi.

Eslatib o'tamiz, Allegri o'tgan mavsum qoniqarsiz natijalar tufayli Milandan ketgandi.

Yuventus bosh murabbiyi Antonio Konte iste'foga chiqqani haqida xabar berdik.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru