Allegri "Yuve" rahbariyatidan Milinkovich-Savichni sotib olishni yoki Pogbani qaytarishni so'radi

Tolibjon Qosimov
22 may 2018, 16:06
"Yuventus" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri jamoaning yozgi transferi oynasi uchun rejasini belgilab oldi.

"Calciomercato"ning xabar berishicha, mutaxassis klub rahbariyatidan "Lacio" yarim himoyachisi Sergey Milinkovich-savichni sotib olishni yoki jamoaga MYU a'zosi Pol Pogbani qaytarishni so'ragan.

23 yoshli serb bilan shartnoma tuzish oson bo'lmaydi. Unga Yevropaning qator grand klublari da'vogarlik qilishmoqda, "Lacio"ning o'zi o'yinchi uchun 80-100 million evro talab qilmoqda.

Pogba esa MYUda u qadar omadli mavsum o'tkazmadi, kamiga Mourinyo bilan munosabatlari ham a'lo darajada emas.



Yuqoridagi ikki o'yinchi bilan kelisha olinmagan taqdirda, PSJdan Adrien Rabo, "Roma"dan Lorenco Pellegrini va "Real"dan Mateo Kovachich variantlari ham ko'rib chiqiladi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: calciomercato.it