Allegri tasdiqladi, Remzi qishda "Yuventus"dan ketadi

Alisher
22 yanv 2022, 18:21
"Yuventus" yarim himoyachisi Aaron Remzi qishki transfer oynasida Turin klubidan ketadi.

Buni "Yuventus" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri tasdiqladi.

"Aaron hozirda jamoa bilan ishlamayapti. U klubdan ketadi", - deydi murabbiy.

Futbolchi va turinliklar o'rtasida tuzilgan amaldagi shartnoma 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

Remzi 2021/22 yilgi mavsum "Yuventus" safida 5ta o'yinda maydonga tushdi. Transfermarkt futbolchini 10 million evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport