Allegri qachon ishga qaytishini ma'lum qildi

6 dek 2019, 07:40
Massimiliano vanihoyat asosiy savolga javob berdi.

“2020 yil iyunida ishga qaytaman. Bu vaqtni ijodiy tanaffus deb atash mumkinmi yoki yo'q buni bilmayman. “Yuventus” bilan yo'llarimiz ayro tushganidan so'ng tanaffus qilishga qaror qildim. Maydonda 18 yil harakat qildim. Shundan so'ng 16 yil murabbiylik. Bu 34 yil ichidagi ilk tanaffusim. Menda o'ylashga va oilam bilan birga bo'lishga vaqt bo'ldi. Shunchaki teatrga borishga ham. Men Milanda ingliz tili darslariga boryapman va yomon gapirayotganim yo'q. Keyingi yil muhim bo'ladi”, - deydi Allegri.

O'xshash yangiliklar


Manba: Football24