Allegri: "Oltin to'p"ni qo'lga kiritish uchun Pogbada hamma narsa bor"

Aslanov Jasurbek
19 yanv 2015, 10:18
"Yuventus" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri yarim himoyachi Pol Pogbani maqtadi.

"Pogbani veteran deb o'ylaymiz, ammo u juda yosh. Men unga qayerda qanday harakat qilishi haqida ko'p gapiraman, ammo Pogba qiziqqon. U bugun juda yaxshi o'yin o'tkazdi.

"Oltin to'p"ni qo'lga kiritish uchun Chempionlar ligasi yoki biror katta xalqaro turnir g'olibi bo'lishi kerak. Pogbada kerakli hamma narsa bor" - deydi Allegri.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com