Allegri "Barselona"ga taklif qilindi

Alisher
11 mar 2024, 00:10
"Barselona" joriy mavsum so'nggida bosh murabbiy Xavi ketishi sabab izlanishda.

Kataloniya klubi rahbarlariga "Yuventus"ning hozirgi ustozi Massimiliano Allegri taklif qilindi. Italiyalikning nomzodi bir ovozdan maqullanmadi, uning tajribasidagi ayrim jihatlar "Barselona" bosslarini ishontira olmadi.

Eslatib o'tamiz, "Barselona" 12 mart kuni o'z uyida "Napoli"ga qarshi Chempionlar ligasi 1/8 final o'yinini o'tkazadi. Jamoalar o'rtasidagi Neapolda o'tgan ilk bahs 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Foot Mercato