Alkantara kelasi hafta "MYU" bilan shartnoma tuzadi

6 iyul 2013, 10:07
Tiago Alkantara kelasi haftada "Manchester Yunayted" bilan 5 yilga mo'ljallangan shartnomaga imzo chekadi.
Futbolchi ingliz klubi bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishuvga erishib ulgurdi va u 5 yillik shartnomaga imzo chekishga rozilik bildirdi.

Futbolchining transfer narxi 18 million evro ekani takidlanmoqda. 

Eslatib o'tish kerakki, 22 yoshli ushbu futbolchiga "Bavariya" tomondan ham jiddiy qiziqish bo'lgandi. Kecha esa "Barselona" futbolchi klubda qolish yoki qolmasligi borasida bir qarorga kelishi uchun 10 kun muxlat bergani malim qilingandi. Futbolchining tanlovi esa "MYU" foydasiga bo'ldi.