Alisson: "Roma"da o'ynaganimda "Barselona" to'sig'idan o'tgandik"

Mirjalol Normatov
20 apr 2019
"Liverpul" darvozaboni Alisson YCHL doirasida "Barselona"ga qarshi o'yindan oldingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Hayotda kutilmagan holatlar uchun doimo joy topiladi. Biz o'qiyapmiz va tajriba yig'yapmiz. "Roma" tarkibida o'ynaganimda "Barselona" to'sig'idan o'tganmiz. Bu ajoyib edi.

"Liverpul" "Barselona"ni mag'lub etishni istasa, ko'proq ishlashi kerak. "Barselona" - juda ham tartibli. Biz finalga chiqishimiz uchun barcha kuchni sarflashimiz kerak", - dedi Alisson.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Express