

"Mundialgacha tashrif buyuruvchilar uchun 130 mingta xona tayyor bo'lishi kerak. Bundan kelib chiqib aytish mumkinki, bir paytning o'zida kamida 200 ming sayyoh uchun o'rin-joy tayyor. Hakamlar va ishtirokchilar uchun alohida o'rin ajratiladi. Qolaversa, Qatarga yaqin bo'lgan Dubay, Abu-Dabi, Jidda, Maskad, Kish oroli kabi hududlardan kelib-ketuvchilar uchun kuniga 140 ta qo'shimcha reys mo'ljallangan" - dedi Nikimbaev.



