

"Superliganing yaratilishiga bo'lgan munosabatim (eslatib o'taman, biz Yevropa Superligasi haqida gapirmoqdamiz) salbiy. Men, yani "Manchester Yunayted" muxlisi va 20 yildan ortiqroq vaqt davomida futbol tuzilmalarida ishlagan inson sifatida milliy chempionatlar va terma jamoalar barchasidan ustundir. Shuningdek men ham mavjud qoida va reglamentlarga rioya etish zarur deb bilaman. Superliganing yaratilishi esa ushbu qoida va reglamentlarga ziddir.
Ammo, bu ko'proq futbol ruhiyatiga ham ziddir. Katta klublarning chempionat va Chempionlar Ligasidagi ishtiroki ligalar va UEFAga pul ishlash imkoniyatini beradi, bu esa kichik klublar va katta bo'lmagan futbol federatsiyalarining rivojlanishiga ketadi. UEFA Chempionlar Ligasidan tushadigan mablag'ni hatto hech qachon guruh bosqich o'yinlarini qabul qilmagan mamlakatlar bilan ham bo'lishadi. Katta klublarning chiqishi va boshqa musobaqaning tashkil etilishi UEFAning daromadini, balki barcha a'zo assotsiatsiyalarning ham daromadini pasaytiradi.
Bundan tashqari, futbolchilarning diskvalifikaciyasi terma jamoalarni ham kuchsizlantiradi va FIFA, jumladan yoshlar va ayollar musobaqalariga bo'lgan qiziqishni kamaytirishi mumkin. Bu FIFAning ham daromadiga ta’sir ko'rsatadi.
Albatta, bundan futbolchilari superklublarda o'ynamaydigan terma jamoalar yutishi mumkin. Masalan, Rossiya yoki Osiyo jamoalari. Ammo, bu yutuqlarning ahamiyatini keskin tarzda pasaytiradi, shunday ekan xursand bo'lishga o'rin yo'q.
Bir necha yillardan buyon yopiq liga sifatida mavjud bo'lgan va milliy chempionatlardagi ishtirok orqali deyarli o'tish imkonsiz bo'lgan Evroligasi bor basketbolni futbol bilan taqqoslash kerak emas. U yerda alohida mavjud bo'lgan va Yevropa uchun o'ziga xos mayoq bo'lgan NBA allaqachon mavjud edi. Futbolda 160 yildan buyon boshqa qadriyatlar ustuvor" - deb yozadi Alisher Nikimbaev telegramdagi o'z kanalida.
→ LIVE Yevropa Superligasi. Musobaqa borasidagi barcha xabarlar bitta sahifada



