Alisher Azizov "Andijon" safiga qo'shildi

Narzulla Saydullayev
14 fev 2014
Toshkentda tayyorgarlikni davom ettirayotgan “Andijon” jamoasi safiga yangi o'yinchilar qo'shilishda davom etmoqda.
Tarkibga Parvanov, Kamolov, Usmonxo'jaev, Paulauskas va Astrauskas kabi yangi futbolchilar qo'shilganini xabar qilgandik.

Kecha andijonliklar safiga hujumchi Alisher Azizov ham qo'shildi. Huquqiy jihatdan “Paxtakor”ga tegishli bo'lgan bu hujumchi o'tgan yili ijara asosida “Buxoro” sharafini himoya qilgandik. Buxoroliklar tarkibida Azizov chempionatda 15ta o'yinda maydonga tushgan. Bungacha hujumchi “Paxtakor” bilan mavsumga tayyorgarlik ko'rayotgandi. Biroq Azizov bu yil ijaraga beriladigan bo'ldi. Ayni paytda u “Andijon” mashg'ulotlarida ishtirok etmoqda.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: andijon-pfc.uz