Alfonso Devis "Bavariya" bilan shartnomasini uzaytiradi

Omonjon To`xtamirzayev
2 yanv 2025, 18:31
Kanadalik futbolchi Alfonso Devis va "Bavariya" rahbariyati yangi shartnoma shartlari borasida kelishuvga erishdi.

Manbaning xabariga ko'ra, bunga qaramay, Devis vakillari yaqin kunlar ichida Madridning "Real" klubi rahbariyati bilan uchrashib, ularning taklifini ko'rib chiqmoqchi. 

24 yoshli himoyachi joriy mavsum "Bavariya" safida barcha musobaqalarni inobatga olganda, 21 ta o'yinda maydonga tushdi va 1 ta gol urib, 3 ta golli uzatma etkazib berdi.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: relevo.com