

Myunxen jamoasi bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann Germaniya chempionati 4-tur doirasidagi "Leyptsig"ga qarshi o'yin oldidan bu haqda matbuot anjumanida e'lon qildi.
Oldinroq ma'lum bo'lganidek, Devis umumiy guruhga qaytgan. O'yinchi Kanada terma jamoasida bo'lganda jarohat olgan edi.
20 yoshli kanadalik futbolchi o'tgan mavsum "Bavariya" safida barcha musobaqalarda 35ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 3ta assist qayd etdi.



