Alessandro Nesta: "Xolandni to'xtata olardim"

Narzulla Saydullayev
8 okt 2022
Italiyalik sobiq himoyachi Alessandro Nesta Erling Xolandni to'xtatib qolish usulini aytdi.

– Tasavvur qiling, faoliyatining eng yuqori cho'qqisida bo'lgan Nesta ayni paytdagi Xolandni to'xtata olarmidi?

– Ha o'ynay olardim. Sababi braziliyalik Ronaldoga qarshi o'ynaganman. Xoland juda yaxshi, ammo Ronaldo boshqacha edi. Men Messi va Ronalduga ham qarshi o'ynaganman, ammo braziliyalik Ronaldo baribir boshqacha bo'lib qolaveradi.

– Himoyachilarga Xolandni to'xtatish uchun qanday maslahat berasiz?


– Unga yaqinroq o'ynashga intilardim. U yugurishni boshlaganida esa, bloklashga harakat qilardim. Agar Xolandga keng joy bersangiz – tamomsiz, – dedi "Milan" va Italiya terma jamoasi sobiq a'zosi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: twitter.com/Copa90