Alessandro Nesta faoliyatini tugatdi

Narzulla Saydullayev
20 okt 2013
Mashxur italiyalik himoyachi Alessandro Nesta futbolchilik faoliyatini yakunladi, deb xabar bermoqda Calciomercato.com.
37 yoshli futbolchi o'tgan yil iyul oyidan buyon "Monreal Impakt" klubi sharafini himoya qilib keldi. Nestaning so'nggi uchrashuvi 19 oktyabr kuni "Filadelfiya Yunion" klubiga qarshi (2:1) bo'lib o'tdi.

Nesta faoliyati davomida Italiya A seriyasida jami 417 ta, Chempionlar ligasida 101 ta, shuningdek Italiya terma jamoasida 78 ta o'yin o'tkazgan. 2006 yil Nesta Italiya terma jamoasi safida Jahon chempioni bo'lgan. "Milan" va "Lacio" safida uch marta A seriya chempioni bo'lgan, "rossonerilar" bilan birga ikki marta Chempionlar ligasida zafar quchgan.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: football.kulichki.net