Alen Xalilovich: Bolaligimdan Barselona muxlisiman

Narzulla Saydullayev
27 mar 2014, 23:13
Zagrebning Dinamo klubi yarim himoyachisi Alen Xalilovich Barselona bilan shartnoma tuzgach o'z fikrlarini bildirdi.
Men juda xursandman, hayajonimni bosa olmayapman. Dinamoga hammasi uchun rahmat. Bu klub hayotimda katta rol o'ynadi, shu yerda orzularim ushala boshladi.

Barselona – o'zgacha jamoa, bolaligimdan buyon uni yaxshi ko'raman. Barsada o'ynash men uchun sharaf.

Ammo hozir bor e'tiborim Dinamo bilan oltin dubl qilish, keyin yangi klubim haqida o'ylayman, – deydi Xalilovich.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru