Aleksis Sanches Turkiya, Braziliya va Saudiya Arabistonidan tushgan takliflarni qabul qilmadi

Sherzod Nurmatov
4 yanv 2024, 10:49
Futbolchi mavsumni Milan klubida yakunlamoqchi.

"Inter" hujumchisi Aleksis Sanches Turkiya, Braziliya va Saudiya Arabistonidan tushgan takliflarini rad etdi. Bu haqda insayder Nikolo Skira xabar bermoqda.

Chililik kam o'yin amaliyotiga ega bo'lmoqda, boshqa jamoalar esa bundan unumli foydalanmoqchi. Biroq u barcha takliflarga rad javobini berdi va "neradzurri"da qolishga qaror qildi.

35 yoshli hujumchi joriy mavsum A Seriyada jami atigi 151 daqiqa o'ynadi. Shu bilan birga, Chempionlar Ligasida 6 ta o'yin o'tkazib, 2 ta gol urgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira