Aleksis Sanches: “MYU” tarixiga birinchi chililik sifatida kirishimdan baxtiyorman"

Aslanov Jasurbek
23 yanv 2018, 01:36
Chililik hujumchi Aleksis Sanches “Arsenal”dan “Manchester Yunayted”ga ko'chib o'tganiga izoh berdi.

“Dunyodagi eng katta jamoa safiga kelib qo'shilganimdan xursandman. O'z o'rnida “Arsenal” tarkibida ajoyib uch yarim yilni o'tkazdim. O'sha yillar va jamoa muxlislarini aslo unutmayman.

“Old Trafford”dek tarixiy stadionda, boz ustiga Joze Mourinyo kabi tajribali murabbiy qo'l ostida o'ynash men uchun sharaf. Bunday imkoniyatni qo'ldan chiqarib bo'lmasdi. “Yunayted” tarixiga birinchi chililik futbolchi sifatida kirganimdan baxtiyorman”, - dedi Sanches. 

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif