Eslatib o'tamiz, 8 oktyabr, seshanba kuni yoshlar o'rtasidagi 2014 yilgi Osiyo chempionati saralash bahslari A guruhi 3-tur uchrashuvlari doirasida O'zbekiston yoshlar terma jamoasi Nepalga qarshi maydonga tushdi va 5:0 hisobida g'alaba qozondi. Uchrashuvda terma hujumchisi Eldor Shomurodov xet-trikka erishgan bo'lsa, Najmiddin Normurodov va Bobur Davlatov o'z hisobiga bittadan gol yozib qo'ydi.
Nepal yoshlar terma jamoasi ishtirokidagi dastlabki ikki o'yinni ko'rgandik. Ushbu jamoa haqida tasavvurga ega edik, shundan kelib chiqib, o'z o'yinimizni tashkil etdik. Albatta, bugun g'alaba qozonishimizni, ko'p gol urishimizni kutgandik. Bundan ham yirikroq hisobda g'alaba qozonishimiz mumkin edi, biroq qator vaziyatlardan foydalana olmadik, - dedi Aleksey Evstafeev.
Nepalga qarshi o'yinda bir qator futbolchilar ilk bor birinchi daqiqalardan maydonga tushishdi. Bir qator asosiy tarkib futbolchilariga, jumladan, terma yetakchilaridan biri Mirjamol Qosimovga bo'lajak muhim o'yinlar oldidan kuch to'plab olish imkoni berildi.
Saralash bahslari uchun o'z strategiyamiz bor. Biz aynan shu strategiyaga asoslanib ishlayapmiz. Qisqa vaqt oralig'ida ko'p uchrashuv o'tkazishga to'g'ri keladi, shundan kelib chiqib, bazi futbolchilar kuchlarini to'plab olishlariga imkon yaratamiz, boshqalariga esa o'ynash imkonini beramiz. Oldinda bizni yana ikki muhim o'yin kutib turibdi, shuning uchun kuchlarni to'g'ri taqsimlay olishimiz muhim ahamiyatga ega, - dedi O'zbekiston yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi.
O'zbekiston yoshlar terma jamoasi saralash doirasidagi navbatdagi uchrashuvni 10 oktyabr, payshanba kuni Hindiston yoshlar terma jamoasiga qarshi o'tkazadi. Saralashning dastlabki o'yinida Qatarga 0:2 hisobida imkoniyatni boy bergan hindlar, 2-turda Nepalni 1:0 hisobida mag'lub etishdi va final bosqichi yo'llanmasi uchun kurashni davom ettirishmoqda.
Bizni oldinda Hindistonga qarshi o'yin kutib turibdi, shuning uchun hozircha Qatarga qarshi kechajak o'yin haqida hozircha o'ylayotganimiz yo'q. Bor fikru-xayolimiz aynan Hindistonga qarshi o'yinga qaratilgan, chunki – aynan shu yaxshi jamoa ustidan qozonilajak g'alaba bizni Osiyo chempionati final bosqichiga olib chiqishini yaxshi tushunamiz, - dedi Evstafeev.
O'zbekiston yoshlar terma jamoasi saralash kampaniyasini ushbu o'yinlarga mezbonlik qilayotgan Qatarga qarshi o'yin bilan yakunlaydi. Ko'pchilik mutaxassislar tomonidan Qatar va O'zbekiston o'rtasidagi 12 oktyabr kuni bo'ladigan o'yin o'ziga xos final uchrashuviga qiyoslanmoqda.
To'g'ri, men Qatar yoshlar terma jamoasi ishtirokidagi o'yinlarni ko'rdim, albatta. Bu jamoa haqida nima deyishim mumkin? Yaxshi shakllangan, o'yini bor, tezkor harakat qiladigan futbolchilardan tashkil topgan kuchli jamoa. Qatarga qarshi o'yinda bizga oson bo'lmaydi, - deya qo'shima qildi O'zbekiston yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Aleksey Evstafeev.