

Xomyakov: "Turnirdagi vaziyatni hisobga olgan holda o'yin qiyin bo'lishini bilardik, havo ham bahsga ta’sir ko'rsatdi. "Buxoro" birinchi bo'limda 3 nafar himoyachi bilan o'ynashini kutgandik, ammo ular 4 nafar himoyachini maydonga tushirishdi. Shu sababli o'yinimizda biroz tushunmovchilik yuz berdi. Baxtimizga ikkinchi taymda o'zimizga keldik va hujumlarimizdan birini gol bilan yakunladik. Keyin ustunlikni ushlab qolishga harakat qildik. Issiq sabab futbol o'ynash qiyin bo'ldi. Biroq hammasi yaxshi yakunlandi.
Muxlislar, jamoa, viloyatimiz va yangi homiyni g'alaba bilan tabriklayman".
- Bugun g'alaba qozonishni kutganmidingiz?
- Albatta kutgandim. Biroq ikkala jamoaga ochko suv va havodek kerakligi uchun qiyin bo'ldi. Futbolchilarning professionalizmidan ko'nglim to'ldi.
- Klub maosh va mukofot pullari bo'yicha qarzini uzganini o'qidik...
- Yozishiptimi, bu haqida gapirsam bo'ladimi... Ha, homiyimiz va hokimiyat qo'llab-quvvatlashi orqali qarzlar uzildi. Bundan so'ng yomon o'ynay olmasdik.
- Ruben Xebay mavsumning ikkinchi qismida jamoada qoladimi?
- Uning "Andijon" bilan shartnomasi bor, Xebay qoladi deb o'ylayman.



