Aleksandr Xomyakov: "Xarakter evaziga g'alaba qozondik"

Narzulla Saydullayev
27 sen 2013, 09:02
Muborakliklar Jamshid Hasanovning goli evaziga asosiy raqibini mag'lubiyatga uchratishdi. O'yindan keyin “Mashal” bosh murabbiyi bilan suhbatlashdik.

- Bugungi g'alaba uchun butun jamoadan minnatdorman. Bugun kuchli jamoa ekanligimizni isbotlay oldik. Chempionlik o'yini bo'ldi deya olmayman. Chunki hali oldinda yana bir qator uchrashuvlar bor. Bugun xarakter evaziga g'alabani qo'lga kirita oldik. Bunday kuchli jamoalar o'yinida xarakter ko'rsatish muhim rol o'ynaydi. Safarda o'ynashimizga qaramay, yutishimizga umid qilgandik va ishongandik. O'yinga jiddiy yondoshishgani uchun shogirdlarimga yana bir bor rahmat aytaman.

- Jamoangiz to'purari Jamshid Hasanov ikkinchi taymda maydonga tushayotganda gol urishini his qilganmidingiz?
- Biz uni aynan shunga tayyorlagandik. Hasanovni hujumni kuchaytirish maqsadida maydonga tushirgandik. U ishonchimizni oqladi va bugun omad ham bizga kulib boqdi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: andijon-pfc.uz