"Avvalo muxlislarimizni tabriklayman. Tezkor gol urib oldik. Lekin umuman olganda o'yin shiddatli kechdi. O'yin so'nggida esa raqib ustunlikka ega bo'ldi. Yigitlar bugun g'alabani juda ham istashdi. Barchani tabriklayman", - deydi Xomyakov.
- Tarkibga kelgan yangilar haqida fikrlaringiz...
- Umuman olganda futbolchilarning bari maydonda bor kuchi bilan o'ynadi. Bukatkin ham, Ivanov ham bugun yaxshi saviyada o'yin namoyish etishdi. Boboxonov ancha hayajonlandi, lekin bu barchada bo'ladi.
- Bundan startni o'zingiz ham kutmagan bo'lsangiz kerak.
- Nega endi (kuladi). Biz har bir o'yinda g'alaba uchun maydonga tushamiz. Barchasini to'g'ri bajardik va 6 ochko qo'lga kiritdik.
- Hujumchilarning vaziyatdan foydalana olishmagani haqida fikrlaringiz...
- To'g'ri vaziyatlar bo'ldi. Lekin Qo'ziboev ham, To'raev ham professional. Buning ustida ishlashda davom etamiz.
- Bugun Humoyun Murtazoev maydonga tushdi, Namanganda Shohruh Dostonov maydonga tushgandi. Tarkibda yana asosiy tarkibga kirishi mumkin bo'lgan yoshlar bormi?
- Bu futbolchilardan tashqari Tursunmurod Hamdamov, Sirojiddin Rahmatullaev, Xolmurodov Xolmurodov kabi futbolchilar istalgan vaziyatda maydonga tushishga tayyorlar.
Narzulla Saydullaev