Aleksandr Xomyakov: "Rashidovning ikkita goli bizni sindirdi"

Narzulla Saydullayev
10 avg 2014, 21:46
“Bunyodkor” – “Mashal” uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida “gazchilar” ustozi ishtirok etdi.
- “Bunyodkor” jamoasini haqli g'alaba bilan tabriklayman. Bunday o'yin tarif berish og'ir. Mag'lubiyat sabablarini qidiramiz va keyingi o'yinlarda buni takrorlamaslikka harakat qilamiz. Raqibda yoshlar ko'pchlikni tashkil etishini bilardik. Shu boisdan ham markazda yuqoridan o'ynash rejasini ishlab chiqdik. Biroq standartdan kiritilgan ikkita gol bizni sindirdi.

Kachurni tarkibga qo'shib olmaganimga afsuslanmayman. Uni “Mashal”ga olmaganimizdan so'ng “Navbahor” murabbiylari Ruslanni tarkibga qo'shib olishdi. Legioner futbolchi ham xuddi bir lotoreyaga o'xshaydi. U bugun “poker” muallifi bo'lganidan xursandman, - deydi Aleksandr Andreevich.

"Bunyodkor" matbuot xizmati.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia