Aleksandr Xomyakov: "Raqib kamchilikda qolgani bizga xotirjamlik taqdim etdi"

Narzulla Saydullayev
14 may 2018, 21:37
PRO-Liganing 9-turidan o'rin olgan "Mashal" - "Orol" (3:0) o'yinidan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanida “gazchilar” bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov o'z fikirlarini bildirdi.

"Bahs juda qiziqarli bo'ldi deb o'ylayman. Shogirdlarimning bugungi ko'rsatgan o'yinlaridan mamnunman. Biz tezkor gol kiritdik va o'ylagan rejamizni amalga oshirdik. Raqiblarning maydonda bir kishi kam bo'lib qolishi bizga xotirjam o'yin ko'rsatishga zamin yaratdi. Bugungi g'alabani har qanday ob-havoda ham, safardagi o'yinlarda ham birdek qo'llab-quvvatlab turgan muxlislarimizga bag'ishlaymiz", - deydi Xomyakov.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: "Машъал" матбуот хизмати