Aleksandr Xomyakov: "Lokomotiv" bilan ochiq o'yin namoyish etib bo'lmaydi"

Narzulla Saydullayev
5 iyul 2016, 22:40
"Mashal" - "Lokomotiv" uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov o'z fikrlarini bildirdi.

"Uchrashuvda hisobni ochdik. Ammo ikkita qo'pol xatodan so'ng ikkita gol o'tkazib yubordik. Ikkinchi taymda esa juda yomon o'ynadik va yirik mag'lubiyatga uchradik. Bunday jamoa bilan ochiq o'yin ko'rsatish noto'g'ri edi. Oliy ligada ham "Lokomotiv"dan uchta gol o'tkazib yuborgandik. Ikki marta bitta xatoga yo'l qo'ydik. Muxlislarga yoqadigan ochiq o'yin bo'ldi, ammo natija juda yomon bo'ldi. Endi kichik tanaffusga chiqamiz. Ikkinchi davrada o'yinimizni yaxshilashga urinamiz", - deydi Xomyakov.


"Mashal" matbuot xizmati

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia