Aleksandr Xomyakov: “G'uzorda juda issiq havoda o'ynadik”

Narzulla Saydullayev
11 may 2018, 11:59
PRO-Liganing 8-turidan o'rin olgan "Sho'rtan" - "Mashal" (1:2) o'yinidan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanida “gazchilar” bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov o'z fikirlarini bildirdi.

"Shogirdlarimni bugungi g'alaba bilan tabriklamoqchiman. Ular ancha mehnat qilishdi. Bugun anchagina qiyin bahs bo'ldi. Qolaversa havo harorati ham juda issiq bo'ldi. Bu ham futbolchilarga o'z ta’sirini ko'rsatmay qo'ymadi. Bizning vazifamiz maydon markazini to'liq nazorat qilish edi va maqsadimiz faqat g'alaba edi. Buni uddasidan chiqdik deb o'ylayman. Tezkor gol urdik afsuski tezkor gol ham o'tkazdik, shogirdlarim xarakter ko'rsatishdi va g'alaba qozonishdi", - deydi Xomyakov.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcmashal.uz